"Real Madrid" Olis transferi uchun 175 mln yevro tayyorlamoqda

0
"Real Madrid" Olis transferi uchun 175 mln yevro tayyorlamoqda
"Real Madrid" klubi transfer bozorida navbatdagi shov-shuvli kelishuvni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"The Touchline" nashri bergan ma’lumotlarga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres "Bavariya" vingeri Maykl Olisni "Santyago Bernabeu"ga olib kelish niyatida. Peres 24 yoshli futbolchining o'yinidan katta taassurot olgani va uning transferi bo'yicha muzokaralarga tayyorligi aytilmoqda.

So'nggi ma’lumotlarga ko'ra, "Real Madrid" rahbariyati Myunxen klubiga 175 mln yevrolik rasmiy taklif tayyorlashni boshlagan. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, u Madrid klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.

Hozircha "Real Madrid"ning eng qimmat xaridi Jud Bellingem bo'lib turibdi — "Transfermarkt" portali uning transferini 127 mln yevroga baholagan. Maykl Olis 2025/2026-yilgi mavsumda yuqori natijalar qayd etmoqda.

U barcha turnirlar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining samaradorligi Yevropa grandlari e’tiborini tortmoqda, biroq Florentino Peres ushbu poygada yetakchilik qilishni maqsad qilgan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari