Surxondaryo daryosiga sel sababli neft oqib tushgani ma'lum bo'ldi

0
Surxondaryo daryosiga sel sababli neft oqib tushgani ma'lum bo'ldiSurxondaryo daryosiga neft oqib tushgani to'g'risidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumani hududidan o'tuvchi daryoda neft oqimi kuzatilayotgani aks etgan xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Suv xo'jaligi vazirligi matbuot kotibi Shuhrat Suyunov rasmiy tushuntirish berdi. Ta'kidlanishicha, Boysun tumanidagi Kofrun mahallasi hududidan oqib o'tuvchi Xangaronsoy soyi bo'yida neft saqlashga mo'ljallangan vaqtinchalik havzalar mavjud bo'lgan.

Ushbu havzalar 2024 yil yanvar-fevral oylarida ERIELL Group kompaniyasi tomonidan burg'ulash vaqtida yer yuzasiga chiqqan neft xomashyosining soyga sizib ketishini to'xtatish maqsadida tuproq dambalar orqali barpo etilgan. Havzalarda to'plangan xomashyo maxsus texnikalar yordamida muntazam tashib chiqarilgan.

Biroq 23 aprel kuni Boysun tumanida kuzatilgan kuchli yog'ingarchilik oqibatida Xangaronsoyda suv sathi ko'tarilib, vaqtinchalik dambalardan sel suvlari oshib o'tgan. Natijada neft aralashgan suv oqimi Bandixon tumani orqali Bandixonsoyga, so'ngra Qumqo'rg'on tumanidan o'tuvchi Surxondaryo daryosiga quyilgan.

Voqea sodir bo'lgan kunning o'zida ERIELL Group mutaxassislari Xangaronsoy soyi hududidagi dambalarni qayta tikladi va suvga neft chiqishi to'liq to'xtatildi. Hozirda Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va soha tashkilotlari sel xavfi mavjud hududlarda nazoratni kuchaytirgan.

Hududlarda tunu kun navbatchilik tashkil etilib, vaziyat doimiy kuzatib borilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari