Boysunda sel oqibatlari o'rganilmoqda: neft aralash suyuqlik atrofga tarqaldi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida neft aralashmasidan iborat suyuqlik oqib chiqishi bilan bog'liq hodisa qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur holat tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Ma'lumotlarga ko'ra, voqea 17-aprel kuni soat 06:30 atrofida yuz bergan.
Kuchli sel oqimi maxsus handaqni buzib yuborishi natijasida suyuqlik atrofga tarqalgan. Hozirda Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi, Ekopolitsiya va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh hududda o'rganish ishlarini olib bormoqda.
Mutaxassislar hodisa sabablari hamda atrof-muhitga yetkazilgan zararning aniq darajasini belgilash ustida ishlamoqda. Dastlabki tahlillar tabiiy ofat — sel kelishini asosiy omil sifatida ko'rsatmoqda.
Sohaga mas'ul shaxslarning ta'kidlashicha, vaziyat to'liq tahlil qilingach, yakuniy xulosa e'lon qilinadi. Hozirda ehtimoliy ekologik zararni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko'rilmoqda.
O'rganish natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etilishi kutilmoqda. Boysundagi ushbu holat mintaqada ekologik xavfsizlikni ta'minlash va kelgusida bunday hodisalarning oldini olish masalasi dolzarb ekanini tasdiqladi.
Tezkisuv natijalari voqeaning barcha tafsilotlariga oydinlik kiritadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0