"Barselona" qaydnomasida Rafinya qaytdi va Yamal yo'q

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Barselona" qaydnomasida Rafinya qaytdi va Yamal yo'q
Ispaniya chempionatining navbatdagi turi doirasida kechadigan «Osasuna»ga qarshi safar uchrashuvi uchun «Barselona» jamoasining qaydnomasi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bosh murabbiy Hansi Flik mazkur bahs uchun quyidagi futbolchilarni tanlab oldi:

Xoan Garsiya, Shchensni, Aller, Kanselu, Balde, Arauxo, Kubarsi, Martin, Erik Garsiya, Espart, Gavi, Pedri, Fermin Lopes, Kasado, Olmo, Frenki de Yong, Bernal, Ferran Torres, Levandovski, Rafinya, Reshford va Barji. Klub matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, jamoa vingeri Rafinya jarohatidan to'liq sog'aygan va tibbiy shtabdan o'yinda ishtirok etish uchun ruxsat olgan.

Shu sababli u qaydnomaga kiritilgan. Avvalroq jarohat olgani xabar qilingan Lamin Yamal esa ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar ayni paytda turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. «Osasuna» va «Barselona» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv tafsilotlarini onlayn translyatsiyalar orqali kuzatib borish mumkin.

Jamoaning asosiy tarkibi o'yin boshlanishidan biroz avvalroq taqdim etiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish