"Barselona" Lamin Yamal atrofida yangi jamoa qurish uchun tarkibni yangilaydi

0
"Barselona" Lamin Yamal atrofida yangi jamoa qurish uchun tarkibni yangilaydi
Futbolda o'z moliyaviy muammolarini chiroyli tushuntirib berishni "Barselona" kabi mahorat bilan bajaradigan klub topilishi qiyin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

La Liga cheklovlari, qarzlar restrukturizatsiyasi va iqtisodiy "richaglar" haqidagi atamalar ortida oddiy haqiqat yashiringan: klub ko'p yillardan buyon superklub maqomi va og'ir moliyaviy cheklovlar o'rtasida muvozanat saqlashga urinmoqda. 2026-yilning yozi Kataloniya klubi uchun navbatdagi sinov davri bo'lishi kutilmoqda.

Hozirda jamoaning asosiy muammosi o'yinchilarning saviyasida emas, balki ularning maoshi va tarkibdagi roli o'rtasidagi nomutanosiblikdadir. Capology ma'lumotlariga ko'ra, 2025/26-yilgi mavsumda klubning ish haqi xarajatlari soliqlar va bonuslarsiz 230 mln yevrodan oshadi.

Shu sababli, loyihaning moliyaviy mantiqiga mos kelmaydigan futbolchilar bilan xayrlashish vaqti keldi. Birinchi navbatda, "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan Markus Rashford masalasi ko'ndalang turibdi.

U joriy mavsumda yomon o'yin ko'rsatmadi, biroq Lamin Yamal, Rafinya va Ferran Torres kabi futbolchilar bor joyda uning sotib olinishi ortiqcha dabdaba hisoblanadi. Shuningdek, "Monako"da ijarada bo'lgan Ansu Fati ham sotilishi kerak bo'lgan nomzodlar qatorida.

Uning "Barselona"ga qaytishi hujum chizig'idagi tirbandlikni va maoshlar miqdorini yanada oshiradi. Himoyachi Andreas Kristensen va tajribali Joau Kanselu bilan bog'liq vaziyat ham shunday.

Kristensenning jarohatlarga moyilligi va shartnomasi yakunlanayotgani uning transferini asosli qiladi. Klub tarbiyalanuvchisi Mark Kasado borasida esa moliyaviy manfaatlar muhimroq.

Markaziy chiziqda raqobat kuchliligi sababli, Kasadoni munosib taklif evaziga sotish klub g'aznasiga sof foyda keltiradi. Eng og'riqli nuqta — Robert Levandovski.

37 yoshli polshalik hujumchi yiliga qariyb 21 mln yevro maosh oladi. U hali ham gol urishni bilsa-da, endi loyihaning birinchi raqamli yulduzi emas.

BBC xabariga ko'ra, Levandovski mavsum yakunida jamoani tark etishi aniq. "Barselona" Lamin Yamal, Pedri, Gavi va Pau Kubarsi kabi yoshlar atrofida yangi davrni qurish uchun joy bo'shatishi shart.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari