Benzema Vinisius va Lamin Yamal haqida fikr bildirdi

0
Benzema Vinisius va Lamin Yamal haqida fikr bildirdi
Benzema Vinisius va Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi "Real Madrid" klubining sobiq hujumchisi Karim Benzema "Barselona" a'zosi Lamin Yamal hamda madridliklar vingeri Vinisius Juniorning o'yin uslublari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Tajribali futbolchining so'zlariga ko'ra, har ikki o'yinchi ham maydonda o'ziga xos mahoratga ega. "Ular bir-biridan farq qiladi, biroq har ikkisi ham maydonda haqiqiy "kuch" hisoblanadi.

Ularning harakati tomoshabinni hayajonga soladi. Tezlik, tavakkal qilish va yirik uchrashuvlardagi faollik — bularning barchasi tahsinga loyiq.

Laminning qanotdan uzatadigan paslari, Vinisiusning esa qanotlardagi shiddatli o'yini go'zal manzara kasb etadi. Shaxsan men futbolchilarni o'zaro solishtirishni yoqtirmayman", — deya Benzemadan iqtibos keltirmoqda The Touchline nashri.

Eslatib o'tamiz, 10-may kuni "Barselona" o'z maydonida "Real Madrid" jamoasini qabul qiladi. Biroq kataloniyaliklarning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal ushbu "El-Klasiko"da ishtirok eta olmaydi.

Bir necha kun avval jarohat olgan futbolchi Jahon chempionatiga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari