
Dortmundning "Borussiya" klubi lateral himoyachisi Yulian Ryuerson faoliyatini Angliya Premyer ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur ma’lum qildi. Jurnalist taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati yozgi transfer oynasida germaniyalik himoyachi bo’yicha rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.
Mazkur ehtimoliy kelishuv summasi 35–40 mln yevro atrofida baholanmoqda. Agar futbolchi "Old Trafford"ga ko’chib o’tsa, uning yillik maoshi kamida ikki baravarga oshishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda Ryuerson Dortmund klubida yiliga 5 mln yevro maosh oladi. Yulian Ryuerson joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Himoyachi ushbu o’yinlarda o’z hisobiga 15 ta golli uzatmani yozdirib qo’yishga muvaffaq bo’ldi. Ma’lumot uchun, Ryuersonning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar imzolangan.
Avvalroq futbolchiga Premyer liganing boshqa bir qator klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.