Solovyov va Bonya o'rtasidagi nizo jonli efirda yakunlandi

0
Solovyov va Bonya o'rtasidagi nizo jonli efirda yakunlandiSolovyov va Bonya o'rtasidagi nizo jonli efirda yakunlandi Rossiya media makonidagi eng shov-shuvli ziddiyatlardan biri kutilmagan yakun topdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Teleboshlovchi Vladimir Solovyov hamda bloger Viktoriya Bonya o'rtasidagi uzoq davom etgan o'zaro ayblovlar jonli efirdagi rasmiy uzr bilan to'xtadi. Ziddiyat 14 aprel kuni Viktoriya Bonyaning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo'llagan videomurojaatidan so'ng boshlangan edi.

Instagram tarmog'ida 14 mln obunachiga ega bloger mamlakatdagi muammolarni sanab o'tib, xalq qo'rquv ostida yashayotganini iddao qilgan. Bunga javoban Solovyov o'z ko'rsatuvida blogerni keskin haqorat qilgan, Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov esa uni savodsizlikda ayblagan edi.

Bonya ushbu holat yuzasidan sudga murojaat qilishini e'lon qilgan. Biroq 28 aprel kuni Viktoriya Bonya teleboshlovchining ko'rsatuviga mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Muloqot davomida bloger o'ziga va Italiya bosh vaziri Jorjia Meloniga nisbatan aytilgan haqoratlar uchun uzr so'rashni talab qildi. Solovyov hissiyotlarga berilganini tan olib, rasman kechirim so'radi.

Suhbat davomida tomonlar prezidentga munosabat va Rossiyadagi ichki vaziyatni muhokama qildi. Solovyov Rossiyada Putindan qo'rqishmasligini, balki uni hurmat qilishlarini ta'kidladi.

Shuningdek, u Italiya bosh vaziri Melonini siyosatchi sifatida tanqid qilganini bildirdi. Bonya Tuapsedagi ekologik muammolar haqida gapirishga urinishiga qaramay, boshlovchi e'tiborni dron hujumlari va harbiy harakatlar mavzusiga qaratdi.

Efir yakunida Solovyov blogerning intellektual salohiyatini e'tirof etdi. Bonya esa "yumshoq kuch" strategiyasi ish berganini va teleboshlovchini sudga berish niyatidan qaytganini ma'lum qildi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari