«Bavariya» joriy mavsumda beshta rekordni yangilashi mumkin

0
«Bavariya» joriy mavsumda beshta rekordni yangilashi mumkin
Vensan Kompani qo'l ostidagi "Bavariya" muddatidan avval ketma-ket ikkinchi bor Germaniya chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, jamoa to'xtash niyatida emas. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Myunxenliklar Germaniya kubogi finaliga va Chempionlar ligasi yarim finaliga yo'llanma olgan. Shuningdek, jamoada mavsum yakuniga qadar beshta muhim rekordni yangilash imkoniyati mavjud.

**G'alabalar soni bo'yicha rekord** "Bavariya" joriy mavsumda Bundesligada 26 ta g'alabaga erishdi. Klubning mutloq rekordi 29 ta g'alabadan iborat (2012/13 va 2013/14 yillar).

Agar jamoa qolgan uchta turda "Xaydenxaym", "Volfsburg" va "Kyoln" ustidan g'alaba qozonsa, ushbu natijani takrorlaydi. Hatto o'tgan mavsumdagi "Brayer" ham 28 ta g'alaba bilan cheklangan edi.

**Ochko to'plash ko'rsatkichi** 2012/13 yilgi mavsumda Yupp Xaynkes boshqaruvidagi jamoa 91 ochko jamg'arib, Bundesliga tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan. Hozirda myunxenliklar hisobida 82 ochko bor.

Qolgan uchrashuvlardagi uchta g'alaba "Bavariya"ga afsonaviy natijani yangilash imkonini beradi. **Yevropa top-ligalaridagi sermahsullik** "Bavariya" Bundesligada 113 ta gol urib, ichki rekordni o'rnatdi.

Endigi maqsad — Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishdir. Buning uchun jamoa qolgan o'yinlarda yana 12 ta gol urishi lozim.

Keyn, Olis va Dias triosi hozirgacha barcha turnirlarda 97 ta gol urishga ulgurdi. **Maykl Olisning assistlari** "Kristal Pelas"ning sobiq a'zosi o'z faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda.

Uning hisobida Bundesligada 20 ta golli uzatma bor va u Tomas Mullerning rekordini yangilashga yaqin turibdi. Barcha turnirlarni hisobga olganda esa Olis 29 ta assist qayd etgan.

**Garri Keynning yuzinchi goli** Ingliz hujumchisiga Bundesligadagi 100 talik dovonni zabt etish uchun bor-yo'g'i 5 ta gol kifoya. Agar Keyn qolgan uchta o'yinda ushbu natijaga erishsa, u Germaniya chempionati tarixida yuzta golni eng kam o'yinda (94 ta) urgan futbolchiga aylanadi.

Hozirda u 28 ta o'yinda 33 ta gol urib, yuqori sport formasida ekanini isbotlamoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari