
Germaniya chempionati 31-turidan o'rin olgan «Mayns»ga qarshi uchrashuvda «Bavariya» tarixiy natijani qayd etdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Myunxen klubi safarda 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchrayotganiga qaramay, irodali g'alabaga erishdi va uchrashuvni 4:3 hisobida yakunladi. Mazkur natija orqali «Bavariya» Bundesliga tarixida bir mavsum davomida safar o'yinlarida eng ko'p gol urish bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.
Hozirgi vaqtda jamoa mehmondagi bahslarda raqiblar darvozasini 53 marotaba ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Myunxenliklar ushbu ko'rsatkichni «Volfsburg»ga qarshi bo'lib o'tadigan navbatdagi uchrashuvda yanada yaxshilab olishlari mumkin.
Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan bo'lsa-da, Bundesliga tarixidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazish imkoniyatini saqlab qolmoqda. Agar «Bavariya» mavsum yakuniga qadar qolgan uchta o'yinning barchasida g'alaba qozonsa, ochkolari sonini 91 taga yetkazadi.
Bu 2012-2013-yilgi mavsumdagi natijaning takrorlanishi bo'ladi, biroq to'plar nisbati bo'yicha joriy mavsum rekord natija sifatida qayd etilishi kutilmoqda. Jamoaning hujumkor o'yini va safardagi samaradorligi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.