
"Bavariya" jamoasi Germaniya Bundesligasida muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, joriy mavsumda yana bir noyob natijani qayd etish imkoniyatiga ega. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Myunxenliklar chempionat yakuniga qadar o'z tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichni takrorlashi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda Vensan Kompani shogirdlari hisobida 79 ochko mavjud bo'lib, turnir yakunlanishiga yana to'rtta tur qolgan.
Germaniya OAVlarining qayd etishicha, agar "Bavariya" qolgan barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonsa, ochkolar sonini 91 taga yetkazadi. Bu natija Bundesliganing mutlaq rekordi hisoblanadi.
Amaldagi rekord ham aynan myunxenliklarga tegishli bo'lib, u 2012/13 yilgi mavsumda Yupp Xaynkes boshqaruvida o'rnatilgan edi. O'sha yili jamoa barcha asosiy sovrinlarni, jumladan, Chempionlar ligasini ham qo'lga kiritgan edi.
Joriy mavsumda ham Kompani jamoasida ushbu muvaffaqiyatni takrorlash imkoniyati saqlanib qolmoqda. Myunxenning "Bavariya" jamoasi navbatdagi uchrashuvini mehmonda "Mayns"ga qarshi o'tkazadi.
Mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da start oladi. Jamoa muxlislari va mutaxassislar Kompani boshchiligidagi tarkibning ushbu tarixiy natijani qayd eta olishini katta qiziqish bilan kuzatmoqda.