Eberl: «Bavariya» irodasi javob o'yinida muhim ahamiyat kasb etadi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Eberl: «Bavariya» irodasi javob o'yinida muhim ahamiyat kasb etadi
Maks Eberl: «Bavariya»ning irodasi javob uchrashuvida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi»

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl Chempionlar ligasi yarim finalidan o'rin olgan «PSJ»ga qarshi bahs natijasi bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Germaniya klubi Parijda kechgan murosasiz o'yinda 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Klub mutasaddisining so'zlariga ko'ra, uchrashuv davomida hisob 5:2 ko'rinishiga kelganida, parijliklar g'alabani va final yo'llanmasini muddatidan avval bayram qilishni boshlagan.

Biroq myunxenliklar o'yin so'ngida ikkita to'p farqini yo'qotib, hisobni minimal ko'rinishga keltirishga muvaffaq bo'ldi. «Bunday murakkab vaziyatda va raqib muxlislarining kuchli bosimi ostida ikkita gol urib, farqni qisqartirish — bu alohida xislatdir.

Aynan mana shu jihat jamoamizning haqiqiy xarakterini belgilab beradi. Ushbu irodali sifatlar bizga javob uchrashuvida ham juda asqotadi», — deya Eberlning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Bayern & Germany nashri.

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 6-may kuni Germaniyada bo'lib o'tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Myunxenliklar o'z maydonlarida kechadigan bahsda Parijdagi mag'lubiyat revanshini olishga va final yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish