
"Napoli" klubining markaziy yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar bermoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, kamerunlik futbolchi "Milan" klubi e'tiboriga tushgan.
Hozircha "rossoneri" rahbariyati futbolchi borasida Neapol klubiga rasmiy aloqaga chiqqani yo'q, biroq yarim himoyachiga nisbatan qiziqish yuqori ekani aytilmoqda. Ta'kidlanishicha, "Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa markazida jismonan baquvvat bo'lgan o'yinchiga ehtiyoj sezmoqda.
Ma'lumot uchun, 30 yoshli Zambo-Angissa joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U mazkur bahslarda raqiblar darvozasiga to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi va ikki bor golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozirda futbolchining kelajagi va transfer qiymati bo'yicha muzokaralar jarayoni kuzatilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0