
"PSJ" klubi himoyachisi Ashraf Hakimi Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Parijliklar 5:4 hisobida g'alaba qozongan ushbu o'yindan so'ng futbolchining son qismidan jarohatlangani ma'lum bo'ldi. Klub rasmiy bayonotiga ko'ra, Hakimi kamida bir necha haftani o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
"RMC Sport" nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Ashraf Hakimining tiklanish jarayoni taxminan 15 kundan 20 kungacha davom etishi kutilmoqda. Agar "PSJ" Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahsiga yo'llanmani qo'lga kiritsa, himoyachi final uchrashuvida maydonga tusha oladi.
Shuningdek, futbolchining jarohati jiddiy emasligi va uning 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokiga hech qanday xavf tug'dirmasligi ta'kidlangan. Ma'lumot uchun, joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining final uchrashuvi 30-may kuni Budapesht shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Hozirda parijliklar tibbiy shtabi futbolchini ushbu muhim bahsga qadar safga qaytarish choralarini ko'rmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0