
«Bavariya» Germaniya Bundesligasining 31-turi doirasida «Mayns»ga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi bo'limini xuddi chempionlik taqdiri hal bo'layotgandek yuqori tempda o'tkazdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Myunxen klubi yarim himoyachisi Jamol Mussiala o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, myunxenliklar birinchi bo'limdan so'ng hisobda ortda borayotgan edi, biroq tanaffusdan keyin raqib darvozasiga to'rtta gol urib, g'alabani o'z tomoniga og'dirishga muvaffaq bo'ldi.
«Biz osonlikcha yirik hisobda mag'lub bo'lishimiz va o'yinni shunday yakunlashimiz mumkin edi. Ammo bizda hali ham o'yin taqdirini o'zgartirishga bo'lgan kuchli xohish borligi va g'alabani xuddi chempionlik unvoni bizga bog'liqdek nishonlashimiz — bu juda ajoyib holat», — deya futbolchining so'zlarini keltirmoqda myunxenliklar matbuot xizmati.
Ma'lumot uchun, «Bavariya» o'tgan tur natijalariga ko'ra muddatidan oldin chempionlikni naqd qilib qo'ygan edi. Vensan Kompani shogirdlari «Mayns»ga qarshi bahsga allaqachon Germaniya chempioni maqomida tushib kelishgan.
Shunga qaramay, jamoa o'yin oxirigacha yuqori iroda ko'rsatib, muxlislarni xursand etdi.