Luis Enrike: «Ramushning chetlatilishini birinchi marta ko'rishim»

0
Luis Enrike: «Ramushning chetlatilishini birinchi marta ko'rishim»
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 31-turi doirasida «Anje»ga qarshi kechgan bahsda jamoa hujumchisi Gonsalo Ramushning maydondan chetlatilganidan hayratda ekanini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda portugaliyalik futbolchi ikkita sariq kartochka olib, 74-daqiqada maydonni muddatidan avval tark etdi. O‘sha vaqtda parijliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi.

Ispaniyalik mutaxassis L'Équipe nashriga bergan intervyusida hakamning qarorini shunday izohladi: «Hujumchining qoidabuzarlik qilish niyati bo‘lmagan vaziyatda maydondan chetlatilishini birinchi marta ko‘rishim». Uchrashuv parijliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi va PSJ turnir jadvalida «Lans»dan olti ochkoga o‘zib ketdi.

Shuningdek, darvozabon Matvey Safonov mazkur bahsda o‘zining 11-«quruq» o‘yinini o‘tkazdi. Endilikda PSJ jamoasini 28-aprel kuni Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Myunxenning «Bavariya» klubiga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari