Davide Anchelotti: «PSJ» har qanday vazifani bajara oladigan jamoa

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish2

Davide Anchelotti: «PSJ» har qanday vazifani bajara oladigan jamoa
Davide Anchelotti: «Mukammal jamoa barcha jabhalarda yuqori saviyada o‘ynay olishi kerak»

Braziliya terma jamoasida otasi Karlo Anchelottiga ko‘maklashayotgan murabbiy Davide Anchelotti zamonaviy futboldagi ideal jamoa qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, har tomonlama shakllangan jamoa o‘yinning turli bosqichlarida moslashuvchanlikni namoyish etishi lozim. Anchelotti o‘z fikriga misol sifatida Chempionlar ligasining so‘nggi g‘olibi "PSJ" klubini keltirib o‘tdi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jamoa maydonda har qanday vazifani bajara oladi. Xususan, hujumning ilk bosqichida raqibdan ustunlik mavjud bo‘lganda bo‘sh turgan jamoadoshini topish, to‘p bilan yoki to‘psiz pozitsion harakatlanish borasida Parij klubi yuqori salohiyatga ega.

«Ular ajoyib hujumkorlik qobiliyatiga ega bo‘lish bilan birga, to‘psiz qolganda qachon yakka-yakka pressing qilish kerakligini ham yaxshi anglashadi. Shuningdek, chuqur himoyada ham juda tartibli harakat qilishadi.

Bu to‘liq shakllangan jamoa namunasidir», — deydi Davide Anchelotti. Ma’lumot o‘rnida, navbatdagi Jahon chempionati iyun va iyul oylarida AQSh, Kanada hamda Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Braziliya terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya vakillariga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish