
Mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Italiya futbolidagi joriy muammolar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Hozirgi vaqtda Braziliya milliy terma jamoasini boshqarayotgan mutaxassisning ta’kidlashicha, Italiya milliy terma jamoasi hamda A seriya klublari vakillarida tezlik yetishmayapti. Murabbiy nafaqat jismoniy harakatlar, balki o‘yinning mental tempi, futbolchilarning doimiy faolligi va intensivligiga e’tibor qaratish lozimligini qayd etdi.
Anchelottining Il Giornale nashriga bergan intervyusida u intensivlik butun o‘yin davomida saqlanishi kerakligini, biroq Italiya futboli aynan shu xususiyatni yo‘qotganini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi bilan o‘tkazilgan pley-off bahsida italiyanliklar penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnirga yo‘llanma ololmadilar.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0