
Berlinning "Union" klubi press-xizmati jamoaning yangi bosh murabbiyi etib 34 yoshli Mari-Luize Eta tayinlanganini e'lon qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ushbu qaror Yevropaning top-5 ligasi tarixida ayol kishi bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan ilk holat bo'ldi. Mazkur yangilikka munosabat bildirgan mashhur sobiq nemis futbolchisi Lotar Matteus zamonaviy futbolda jinsning ahamiyati yo'qligini ta'kidladi.
Sky Sport nashriga bergan intervyusida ekspert 2026-yilga kelib murabbiyning erkak yoki ayol ekanligi mutlaqo muhim emasligini qayd etdi. Matteusning ta'kidlashicha, "Union" rahbariyati Etagacha bo'lgan ishonchi bilan to'g'ri yo'l tutgan, chunki u klub tizimini yaxshi taniydi va jamoa bilan yaqin aloqada bo'lgan.
Hozirgi kunda Berlin vakillari Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida 32 ochko to'plab, 11-o'rinni egallab turibdi. Nemis chempionatining 30-turi doirasida klub 18-aprel kuni o'z maydonida "Volfsburg" jamoasiga qarshi bahs ko'radi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0