
Mari-Luize Eta: «Asosiy maqsadim natija orqali odamlarni ishontirish bo'lgan» Berlinning «Union» jamoasi yordamchi murabbiyi Mari-Luize Eta jamoatchilik tomonidan o'ziga qaratilayotgan yuqori e'tibor va ijtimoiy mas'uliyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar bermoqda. 34 yoshli mutaxassis Germaniya chempionati tarixidagi ilk ayol murabbiy sifatida qayd etilgan.
Mari-Luize Etaning ta'kidlashicha, u o'z zimmasidagi mas'uliyatni to'liq his etib turibdi. «Men bu holat jamiyat uchun qanchalik ahamiyatli ekanini tushunaman.
Bu, xohlaymanmi yoki yo'qmi, zimmamga ma'lum bir mas'uliyat yuklaydi. Biroq mening asosiy maqsadim hech qachon ayollarning futboldagi rolini mustahkamlash bo'lmagan.
Men doimo o'z ishim va erishgan natijalarim orqali odamlarni qobiliyatimga ishontirishni istaganman», — deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda nashr. Ma'lumot uchun, ayni paytda «Union» jamoasi Germaniya chempionati turnir jadvalida 32 ochko jamg'argan holda 11-o'rinni egallab turibdi.
Mari-Luize Eta o'tgan yilning noyabr oyida jamoa murabbiylar shtabidan joy olgan edi.