Putin xavfsizligi choralari misli ko'rilmagan darajada kuchaytirildi
Rossiya prezidenti Putin atrofidagi xavfsizlik choralari yuqori martabali harbiylarga uyushtirilgan hujumlar va ichki xavotirlar sababli keskin oshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
CNN va Financial Times nashrlari Kreml ushbu qadamlarni tizimli ravishda amalga oshirayotganini ma'lum qildi. Davlat rahbarining ish tartibi va shaxsiy hayoti qat'iy nazoratga olingan bo'lib, xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, jumladan, oshpazlar va tansoqchilarga jamoat transportidan foydalanish taqiqlangan.
Prezident bilan uchrashadigan mehmonlar ikki bosqichli tekshiruvdan o'tkazilmoqda. Yaqin doira vakillari faqat internetga ulanish imkoniyati bo'lmagan telefonlardan foydalanishi shart.
Shuningdek, Putinning eng yaqin safdoshlari istiqomat qiladigan hududlarda qo'shimcha kuzatuv tizimlari o'rnatildi. Ushbu o'zgarishlar Qurolli Kuchlar Bosh shtabi vakili, general-leytenant Fanil Sarvarovning o'limidan so'ng yanada jadallashdi.
Iqtisodiy qiyinchiliklar va jang maydonidagi holat fonida Kreml prezident tashrif buyuradigan hududlar ro'yxatini qisqartirdi. Putin Moskva viloyati va Valdaydagi odatiy qarorgohlariga borishni to'xtatgan.
2025 yil davomida harbiy obyektlarga muntazam tashriflar amalga oshirilgan bo'lsa, joriy yilda bunday tadbirlar qayd etilmadi. Ommaviy axborot vositalarida asosan avvaldan yozib olingan lavhalar ko'rsatilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Rossiya rahbari vaqtining asosiy qismini Krasnodar o'lkasidagi maxsus mustahkamlangan bunkerlarda o'tkazmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0