DDR6 xotira standartlari 2028 yildan boshlab bozorga chiqishi kutilmoqda
Yangi avlod DDR6 operativ xotiralari 2028 yoki 2029 yillarda DDR5 standartining o'rnini egallashi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
The Elec nashri ma'lumotlariga tayanib Ixbt.com xabar berishicha, mazkur muddatga kelib xotira modullari narxi sezilarli darajada arzonlashadi. Hozirgi vaqtda sohaning yetakchi kompaniyalari hisoblangan Samsung, Hynix va Micron yangi standart uchun texnik yechimlar tayyorlash jarayonini jadallashtirgan.
Ishlab chiqaruvchilar ayni payda dastlabki prototiplarni yaratish va ularni sinovdan o'tkazish bosqichida turibdi. JEDEC tashkiloti tomonidan DDR6 standartlari hali rasman tasdiqlanmagan bo'lsa-da, bu holat loyihalash va ishlab chiqarish ishlariga to'sqinlik qilmayapti.
Mutaxassislarning fikricha, sun'iy intellekt texnologiyalariga bo'lgan talabning ortishi sababli DDR6 modullari dastlab serverlar segmentida joriy etiladi. Yangi avlod xotira qurilmalari ma'lumot o'tkazuvchanlik qobiliyatini amaldagi ko'rsatkichlarga nisbatan ikki baravar oshirish imkonini beradi.
Bu esa yuqori quvvatli hisoblash tizimlari samaradorligini yangi bosqichga olib chiqadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0