Katie Haun kriptostartaplar uchun 1 mlrd dollar jalb qildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Katie Haun kriptostartaplar uchun 1 mlrd dollar jalb qildiKatie Haun kripto startaplar uchun 1 mlrd dollar mablag' to'pladi

"Andreessen Horowitz" kompaniyasining sobiq investori Katie Haun kriptovalyuta va blokcheyn yo'nalishidagi startaplarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 1 mlrd dollar miqdorida investitsiya jalb qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Techcrunch.com nashrining ma'lum qilishicha, ushbu mablag'lar yangi tashkil etilgan fondlar orqali boshqariladi. "Bloomberg" axborot agentligi Haun tomonidan yo'naltirilayotgan sarmoyalar turli rivojlanish bosqichidagi startaplarga ajratilishini ta'kidlamoqda.

Rejaga ko'ra, moliyaviy resurslar nafaqat raqamli aktivlar, balki oltin va boshqa tovarlar hamda zamonaviy moliyaviy xizmatlar sohasidagi loyihalarga ham sarflanadi. Kompaniya mazkur sarmoyalarni kelgusi ikki-uch yil davomida global miqyosda taqsimlashni maqsad qilgan.

Ma'lumot o'rnida, Katie Haun 2021 yil yakunida "a16z" tarkibidan chiqib, 2022 yilda o'zining shaxsiy venchur firmasiga asos solgan edi. "Pitchbook" tahlillari shuni ko'rsatmoqda-ki, ayni paytda mazkur firma boshqaruvidagi aktivlar hajmi 2 mlrd dollardan oshadi.

Hozirga qadar investor Palmer Luckey tomonidan tashkil etilgan "Erebor Bank" hamda "Ellipsis Labs" kriptomoliya korxonasi kabi yirik loyihalarga mablag' kiritishga ulgurgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish