Anthropic 900 mlrd dollarlik baholash bilan sarmoya jalb qilishi mumkin

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Anthropic 900 mlrd dollarlik baholash bilan sarmoya jalb qilishi mumkinAnthropic kompaniyasi 900 mlrd dollarlik baholash asosida sarmoya jalb qilishi mumkin

Claude sun'iy intellekt modeli yaratuvchisi hisoblangan Anthropic kompaniyasi 850-900 mlrd dollar miqdoridagi bozor qiymati asosida 50 mlrd dollar investitsiya jalb etish bo'yicha takliflar oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Techcrunch nashrining ma'lum qilishicha, mazkur moliyalashtirish bosqichi va yakuniy qiymat borasidagi qaror may oyida o'tkaziladigan direktorlar kengashi yig'ilishida qabul qilinadi. Hozirda investorlarning kompaniyaga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda.

Bunga Anthropic kompaniyasining yillik daromadi 30 mlrd dollardan oshib, ayni paytda 40 mlrd dollarga yaqinlashayotgani sabab bo'lgan. Daromadning asosiy qismi Claude Code va Cowork platformalari orqali shakllantirilmoqda.

Shuningdek, sarmoyadorlar kompaniyaning sog'liqni saqlash hamda moliya sohalaridagi yangi imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Ma'lumot uchun, fevral oyida Anthropic 380 mlrd dollarlik baholash bilan investitsiya jalb qilgan edi.

Agar yangi kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, kompaniya o'zining asosiy raqobatchisi OpenAI ko'rsatkichlaridan o'zib ketishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish