Mask uchun yangi rag'batlantirish rejasi: SpaceX bozor qiymati 7,5 trillion dollarga yetishi shart
SpaceX direktorlar kengashi kompaniya rahbari Ilon Mask uchun yangi mukofotlash tizimini ma'qulladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga tayanib xabar berishicha, milliarderning daromadi koinotni o'zlashtirish borasidagi strategik maqsadlarga bog'lanadi. Yangi shartlarga ko'ra, Mask to'liq mukofot paketini qo'lga kiritishi uchun SpaceX bozor qiymatini 7,5 trillion dollarga yetkazishi lozim.
Shuningdek, Mars sayyorasida kamida bir million aholi istiqomat qiladigan doimiy manzilgoh barpo etish va koinotda 100 teravatt quvvatga ega ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish asosiy talablar etib belgilangan. Agar ushbu ko'rsatkichlar amalga oshsa, Maskka 200 million dona ovoz berish huquqiga ega aksiyalar taqdim etiladi.
Hozirda sinovdan o'tkazilayotgan Starship kemasi aynan ushbu sayyoralararo loyihalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Maskning hisob-kitoblariga ko'ra, Marsga yuk tashish iqtisodiy jihatdan foydali bo'lishi uchun bir tonna yuk yetkazib berish narxi 100 000 dollardan oshmasligi kerak.
SpaceX o'z aksiyalarining dastlabki ommaviy savdosini (IPO) 2026 yil 28 iyun kuni o'tkazishni mo'ljallamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0