
"Bavariya" sport direktori Kristof Froind jamoaning 40 yoshli darvozaboni Manuel Nojerning kelajagi borasidagi savollarga javob berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Klub mutasaddisining so'zlariga ko'ra, hozirda tajribali posbonning vakillari bilan muloqot jarayoni davom etmoqda. Avvalroq OAVda Manuel Nojer joriy mavsum yakunlanganidan keyin faoliyatini tugatmaslikka qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Froind ushbu ma'lumotlar fonida klub darvozabonning agentlari bilan doimiy aloqada ekanini tasdiqladi. "Biz, albatta, Nojerning agentlari bilan muloqot qilyapmiz.
Mavsum yakuniga yetib bormoqda, shu bois muzokaralar o'tkazish ayni muddaodir. Jarayon ijobiy kechmoqda, biroq hozircha rasmiy e'lon berish darajasiga yetganimizcha yo'q", — deya Froindning so'zlarini keltirmoqda Bayern & Germany nashri.
Ma'lumot uchun, Manuel Nojer joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarda u o'z darvozasidan 38 ta gol olib chiqdi va 11 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.
Darvozabonning "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga yetadi. Tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0