Nojer «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga qaror qildi

2
Nojer «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga qaror qildi
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Nojer jamoa bilan amaldagi kelishuvini uzaytirish masalasiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Turli manbalarning xabar berishicha, 40 yoshli futbolchi professional faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan. Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, Myunxen klubi rahbariyatida bu borada hech qanday shubha qolmagan.

Klub mutasaddilari jamoa sardori yangi shartnomaga imzo chekishiga va kamida yana bir mavsum "Bavariya" safida qolishiga ishonch bildirmoqda. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv rasman tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.

Manuel Nojer 2011-yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda tajribali darvozabon Vensan Kompani qo'l ostida barcha turnirlar doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Ushbu bahslarda u o'z darvozasidan 33 ta gol o'tkazib yuborgan bo'lsa, 11 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Nojer jamoaning asosiy yetakchisi va sardori sifatida klub strategiyasida muhim o'rin tutishda davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari