G'olibaf AQShning iqtisodiy blokada choralarini istehzo bilan tanqid qildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

G'olibaf AQShning iqtisodiy blokada choralarini istehzo bilan tanqid qildiG'olibaf AQShning Eronga nisbatan bosim siyosatini tanqid qildi

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bager G'olibaf ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali AQSh ma'muriyatiga nisbatan keskin va kinoyali munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Eronlik siyosatchining ushbu bayonoti qisqa fursatda jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo'ldi. G'olibaf o'z chiqishida AQSh hududini kesib o'tuvchi ikki yirik shartli devorni misol sifatida keltirgan.

Uning hisob-kitoblariga ko'ra, agar birinchi devor Nyu-Yorkdan G'arbiy sohilgacha, ikkinchisi esa Los-Anjelesdan Sharqiy sohilgacha tortilsa, ularning jami uzunligi 7 755 kmga yetadi. Biroq spiker ushbu ulkan masofa ham Eronning umumiy chegaralari uzunligidan qariyb 1 000 kmga qisqa ekanini alohida ta'kidladi.

Shu tariqa G'olibaf ehtimoliy iqtisodiy blokada yoki siyosiy bosim choralarini istehzo bilan baholab, raqiblariga «blokadada omad tilayman» deya murojaat qildi. Bundan tashqari, Eron rasmiysi AQSh vakillaridan biri Pit Hegsetga yuzlanib, o'zaro masofa o'lchov birliklari o'rtasidagi farqni eslatib o'tdi va 1 km 0,62 milga teng ekanini ko'rsatib o'tdi.

Mazkur bayonot Vashington va Tehron o'rtasidagi o'zaro ritorikaning navbatdagi keskinlashuvini ifodalaydi. Siyosiy tahlilchilarning fikricha, bunday chiqishlar ikki davlat o'rtasidagi ziddiyatli aloqalar va davomli tanqidiy muhitdan dalolat beradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish