
Luka Modrich "Milan" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich "Milan" klubi bilan amaldagi kelishuvini uzaytirish niyatida. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda Italiyaning nufuzli La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, futbolchining bunday qarorga kelishiga faoliyatini kutilmagan jarohat sababli yakunlashni istamayotgani asosiy sabab bo‘lishi mumkin.
Modrich "Milan" safidagi faoliyatini maydonni zambil yordamida tark etib emas, balki "San-Siro" stadionidagi muxlislarning olqishlari ostida yakunlashni maqsad qilgan. Ta’kidlash joizki, futbolchi yoshligidan Zvonimir Bobanning ushbu klubdagi o‘yinlariga havas qilib ulg‘aygan va jamoaga nisbatan alohida hurmatga ega.
Hozircha Modrich klub bilan hamkorlikni davom ettirishga moyillik bildirmoqda. Biroq yozgi transferlar oynasiga qadar kutilmagan holatlar, xususan, Jahon chempionati davridagi ehtimoliy jarohatlar vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.
Shu bilan birga, nashr italiyalik jurnalistlarning ushbu ma’lumoti haqiqatdan ko‘ra ko‘proq taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmaydi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0