
Italiyaning «Milan» klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Kristian Pulishich bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha olib borilayotgan muzokaralarni vaqtincha to'xtatishga qaror qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» nashri xabar bermoqda. Italiya klubi mutasaddilarining bunday qarorga kelishiga amerikalik futbolchining so'nggi uchrashuvlardagi ko'rsatkichlari pasayib ketgani sabab bo'lgan.
Ma'lum qilinishicha, jamoa rahbariyati Pulishichning o'yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Futbolchi deyarli to'rt oydan buyon raqiblar darvozasini ishg'ol eta olmayapti — u o'zining so'nggi golini o'tgan yilning dekabr oyi oxirida kiritgan edi.
27 yoshli vingerning «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda Pulishich barcha turnirlar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
«Transfermarkt» portali amerikalik futbolchining bozor qiymatini 50 mln yevroga baholamoqda. Muzokaralarning qayta tiklanishi futbolchining kelgusi bahslardagi natijadorligiga bog'liq bo'lishi kutilmoqda.