"Barselona" hujum chizig'ini PSJ a'zosi Ramush bilan kuchaytirmoqchi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Barselona" hujum chizig'ini PSJ a'zosi Ramush bilan kuchaytirmoqchi
"Barselona" markaziy hujumchi pozitsiyasi uchun yangi nomzod topdi

"Barselona" klubi yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida markaziy hujumchi izlashda davom etmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Kataloniyaliklar uzoq vaqtdan beri "Atletiko" a'zosi Xulian Alvaresga qiziqish bildirayotgan edi. Argentinalik futbolchi jamoa uchun asosiy nomzod bo'lib qolmoqda, biroq ushbu transferni amalga oshirish, ayniqsa, moliyaviy sabablarga ko'ra ancha murakkab kechishi kutilmoqda.

"El Nacional" nashrining xabar berishicha, "Barselona" rahbariyati hujum chizig'i uchun muqobil variant sifatida PSJ a'zosi Gonsalu Ramushni ko'rib chiqmoqda. Ma'lum qilinishicha, 24 yoshli portugaliyalik hujumchini taxminan 30 mln yevro evaziga sotib olish imkoniyati mavjud.

Bu ko'rsatkich moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan "ko'k-anorranglilar" uchun ancha qulay va manfaatli variant hisoblanadi. Ma'lumot uchun, nufuzli "Transfermarkt" portali Gonsalu Ramushning bozor qiymatini hozirgi vaqtda 35 mln yevroga baholagan.

Avvalroq Kataloniya klubi bir necha bor hujumchi borasida Parij klubi bilan muzokaralar olib borishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish