
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Kobbi Maynu jamoa bilan amaldagi kelishuvini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Tomonlar o'rtasidagi yangi mehnat shartnomasi 2031-yilning yoziga qadar amal qilishi ko'zda tutilgan. Yaqin vaqt ichida futbolchi mazkur hujjatga rasman imzo chekishi kutilmoqda.
Daily Mail nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, yangi shartnoma imzolangach, Maynuning maoshi 650 foizga oshadi. Hozirda haftasiga 20 ming funt sterling maosh olayotgan futbolchining daromadi 150 ming funt sterlingga yetadi.
Agar ushbu mablag' yevro valyutasiga o'girilsa, Kobbi har etti kunda taxminan 173 ming yevro ishlab topadi. Ma'lumot o'rnida, Kobbi Maynu yaqinda 21 yoshini qarshi oldi.
U "Manchester Yunayted" safida jami 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga etti ta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Yosh iqtidor egasi jamoaning asosiy tarkib o'yinchilaridan biri hisoblanadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0