Alvaresning agenti futbolchini "Barselona"ga o'tkazish ustida ishlamoqda

0
Alvaresning agenti futbolchini "Barselona"ga o'tkazish ustida ishlamoqda
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares kelayotgan yozgi transfer oynasida «Barselona» safiga qo'shilish niyatida. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ko'plab norasmiy xabarlarga ko'ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi Kataloniya klubining transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri bo'lib qolmoqda. «Ko'k-anorranglilar» rahbariyati markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirishni o'z oldiga ustuvor vazifa qilib qo'ygan va Alvares bu o'ringa eng munosib nomzod sifatida ko'rilmoqda.

RAC1 nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «matraschilar» yulduzining agenti hozirda o'z mijozining «Barselona»ga o'tishi bo'yicha amaliy ishlarni boshlab yuborgan. Biroq klublar o'rtasida hali yakuniy kelishuvga erishilgani yo'q.

Bunga Madrid klubining o'z futbolchisi uchun juda yuqori narx so'rayotgani asosiy to'siq bo'lib xizmat qilmoqda. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Xulian Alvaresning bozor qiymatini 90 mln yevroga baholamoqda.

Futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilga qadar imzolangan bo'lib, bu vaziyat Madrid klubiga muzokaralarda o'z shartlarini qat'iy qo'yish imkonini beradi. Shunga qaramay, futbolchining o'zi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga qaror qilgan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari