Paulo Dibala faoliyatini Argentinaning "Boka Xuniors" klubida davom ettiradi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Paulo Dibala faoliyatini Argentinaning "Boka Xuniors" klubida davom ettiradi
Hujumchi Paulo Dibala joriy mavsum yakuniga yetgach, Italiyaning "Roma" klubi bilan xayrlashadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

ESPN nashrining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi faoliyatini vatanida davom ettirishga qaror qilgan. Dibala Argentinaning "Boka Xuniors" klubi bilan kelishuvga erishgan.

Ma’lum qilinishicha, hujumchi yangi jamoasiga tekinga, ya’ni erkin agent maqomida borib qo‘shiladi. 2025/2026-yilgi mavsumda Paulo Dibala "Roma" safida barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, argentinalik futbolchi Italiya chempionatida uzoq vaqtdan buyon to‘p surib kelmoqda. U 2012-yilning yozida "Palermo" safiga kelib qo‘shilgan edi.

Keyinchalik Dibala "Yuventus" va "Roma" kabi yetakchi klublar sharafini himoya qilib, A Seriyaning eng taniqli yulduzlaridan biriga aylandi. Endilikda hujumchi ko‘p yillik Yevropa faoliyatidan so‘ng ona yurtiga qaytishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish