Bremer faoliyatini «Yuventus» klubida davom ettirmoqchi

0
Bremer faoliyatini «Yuventus» klubida davom ettirmoqchi
Turinliklarning markaziy himoyachisi Gleyson Bremer transfer mish-mishlari va boshqa klublar qiziqishiga qaramay, jamoasini o'zgartirmaslikka qaror qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Corriere dello Sport" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi faoliyatini aynan Italiya klubida davom ettirish niyatida. Manbaning ta'kidlashicha, Bremer "Liverpul" va "Nyu-kasl" kabi Angliya premyer ligasi vakillaridan tushayotgan takliflarga qaramay, "Yuventus" bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishga tayyor.

Futbolchi Turindagi loyihaning muhim qismi ekanligini his qilmoqda va klub rahbarlari bilan yangi kelishuv shartlarini muhokama qilishga rozi bo'lgan. Joriy mavsumda himoyachi "Yuventus" mudofaa chizig'ining asosiy tayanchiga aylandi.

U barcha turnirlar doirasida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Bremerning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar imzolangan bo'lsada, klub rahbariyati himoyachining maoshini oshirgan holda bitimni muddatidan oldin yangilashni rejalashtirmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari