Xitoylik bloger ichiga odam sig'adigan ulkan kompyuter yig'di

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xitoylik bloger ichiga odam sig'adigan ulkan kompyuter yig'diXitoylik texnobloger Soda Baka odam sig'adigan darajadagi ulkan kompyuter loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qurilma haqidagi videolavha Bilibili platformasida e'lon qilindi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar bermoqda.

Tashqi ko'rinishidan oddiy o'yin qurilmasini eslatuvchi ushbu kompyuterning o'lchamlari shunchalik kattaki, uning korpusi ichida bemalol ishlash yoki kompyuter o'yinlarini o'ynash imkoniyati mavjud. E'lon qilingan videoda blogerning o'zi ulkan qismlar fonida kichik figuradek ko'rinadi.

Qurilmadagi ko'plab detallar, jumladan, yirik ventilyatorlar va GeForce RTX 6090 videokartasi dekorativ maqsadlarda o'rnatilgan. Shunga qaramay, korpus ichiga haqiqiy va ishchi holatdagi komponentlar ham joylashtirilgan.

Kompyuter korpusi ichida to'laqonli ish joyi tashkil etilgan. Xona ichidagi harorat 38 darajadan oshganda maxsus kuchli konditsioner avtomatik tarzda ishga tushadi.

Shuningdek, yopiq hududdagi issiqlikni muvozanatlash uchun 12 kVt quvvatga ega sovutish tizimi o'rnatilgan. Ushbu loyiha o'zining noodatiy hajmi va muhandislik yechimi bilan ko'pchilikning e'tiborini tortdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish