
Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida «Betis» jamoasi o‘z maydonida «Ovyedo»ni qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Sevilya shahridagi «Olimpiya» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tib, 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Pablo Fornalsning uzatmasidan so‘ng Kucho Ernandes hisobni ochdi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Abde Ezzalzuli «Betis»ning ikkinchi golini urib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. Ushbu vaziyatda Antoni golli uzatmani amalga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Kucho Ernandes raqib darvozasini yana bir bor ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi va o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Ushbu g‘alabadan so‘ng «Betis» ochkolari sonini 53 taga yetkazib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
«Ovyedo» esa 28 ochko bilan quyi pog‘onalardan birida qolmoqda. Ma’lumot uchun, mehmonlar jamoasi muddatidan avval yuqori divizionni tark etishi va kelasi mavsumni Segundada o‘tkazishi aniq bo‘lib ulgurgan.
Sevilyaliklar safida Alvoro Valles, Ektor Belyerin, Diyego Lyorente va Sofyan Amrabat kabi futbolchilar asosiy tarkibda harakat qildi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limda Isko va Rodrigo Rikelme kabi o‘yinchilar zaxiradan maydonga tushib, jamoa o‘yinini kuchaytirdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0