Xiaomi kompaniyasi yangi kuchli pol konditsionerini taqdim etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Xiaomi kompaniyasi yangi kuchli pol konditsionerini taqdim etdiXiaomi kompaniyasi Xitoy bozorida o'zining yangi polga o'rnatiladigan Mijia Powerful Wind Vertical 3HP konditsionerini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com manbasiga ko'ra, mazkur qurilma yuqori samaradorlik va tezkor sovutish xususiyatlariga ega flagman model sifatida ishlab chiqilgan. Mahsulotning rasmiy narxi 5999 yuan (taxminan 885 dollar) etib belgilangan bo'lsa-da, davlat subsidiyalari hisobiga xaridorlar uni 5100 yuan (750 dollar) evaziga xarid qilishlari mumkin.

Texnik imkoniyatlariga ko'ra, konditsioner soatiga 1800 kub metr havo haydash quvvatiga ega. U havo oqimini 16 metr masofagacha, 115 darajali burchak ostida yo'naltira oladi.

Foydalanuvchilar havo oqimini shift, pol yoki yon tomonlarga moslashtirish imkoniyatiga ega. Qurilmaga o'rnatilgan 140Hz UHF Power Mode texnologiyasi sovutish quvvatini 32,5 foizga, isitish quvvatini esa 26,5 foizga oshiradi.

Qurilma ikki silindrli kompressor, misdan tayyorlangan ikki qatorli kondensator va bug'latgich bilan jihozlangan. APF ko'rsatkichi 4,9 ni tashkil etadigan model yiliga 660 kW⋅soatgacha elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

Aqlli funksiyalar qatorida HyperOS Connect tizimi, Xiao AI ovozli boshqaruvi va masofadan yangilanish (OTA) funksiyasi mavjud. Konditsioner -35°C dan +65°C gacha bo'lgan ekstremal haroratlarda barqaror ishlaydi.

Xiaomi foydalanuvchilar uchun 10 yillik bepul servis xizmatini kafolatlamoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish