Xiaomi 72 daqiqa to'xtovsiz ishlaydigan suv isitgichini taqdim etdi

0
Xiaomi 72 daqiqa to'xtovsiz ishlaydigan suv isitgichini taqdim etdiXiaomi kompaniyasi Mijia Smart Electric Water Heater C 60L aqlli suv isitish qurilmasini namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, EWH60-MJ06 indeksli ushbu model hozircha Xitoy bozoridagi Youpin platformasida 799 yuan yoki taxminan 110 AQSh dollari narxida taklif qilinmoqda. Ma'lum qilinishicha, mahsulotning chakana sotuvdagi narxi keyinchalik 145 AQSh dollarigacha ko'tarilishi kutilmoqda.

Maishiy foydalanishga mo'ljallangan qurilma 2200 Vt quvvatga ega isitish elementi bilan jihozlangan bo'lib, u suvni qisqa fursatda isitish imkonini beradi. Tizimning asosiy afzalligi uning yuqori samaradorligidadir.

Bak sig'imi 60 litr bo'lishiga qaramay, texnologik yechimlar evaziga qurilma 360 litr issiq suv ekvivalentini taqdim eta oladi. Ishlab chiqaruvchi ma'lumotlariga ko'ra, isitgich 72 daqiqa davomida to'xtovsiz issiq suv yetkazib berish quvvatiga ega bo'lib, bu ko'rsatkich ko'p kishilik oilalar ehtiyojini to'liq qoplaydi.

Yangi model birinchi darajali energiya tejamkorligi standartlariga javob beradi. Qurilmaning gabarit o'lchamlari 740 x 461 x 432 mm ni tashkil etadi.

IPX4 himoya tizimi bilan ta'minlangani sababli undan namlik yuqori bo'lgan vanna xonalarida xavfsiz foydalanish mumkin. Shuningdek, ushbu gadjet Xiaomi kompaniyasining aqlli uy ekotizimiga to'liq integratsiya qilingan bo'lib, masofadan boshqarish imkoniyatiga ega.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari