Yulduz Usmonova: «Eng katta pushaymonim — ilm va tasavvufga kech kirib kelganim»
O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o'zining shaxsiy hayoti va o'tmishdagi qarashlari haqida intervyu berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Suhbat davomida xonandaga agar imkon bo'lganida, 20 yoshli holatiga qanday maslahat berishi mumkinligi haqida savol berildi. San'atkor yoshlikdagi o'ziga aytadigan alohida gapi yo'qligini bildirdi, biroq hayotidagi muhim bir jihatdan afsusda ekanini ochiqladi.
Usmonovaning so'zlariga ko'ra, uning eng katta pushaymoni ilm o'rganish va tasavvuf olamiga o'z vaqtida yetarli darajada e'tibor qaratmagani bilan bog'liq. Xonanda ushbu ma'naviy yo'lni ancha avvalroq tanlashi kerak bo'lganini ta'kidladi.
Uning fikricha, agar ushbu sohalarga ertaroq kirib borganida, ko'plab hayotiy haqiqatlarni va dunyoqarashga oid tushunchalarni ancha ilgariroq anglab yetishi mumkin edi. San'atkor o'z iqrorida ilm yo'lini hayotning mazmuni sifatida ko'rishini va o'tgan yillar davomida to'plagan tajribasi hozirgi ma'naviy holatiga xizmat qilayotganini qayd etdi.