Yulduz Usmonova Erkin Komilovning nutqidan ta’sirlanganini ma’lum qildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Yulduz Usmonova Erkin Komilovning nutqidan ta’sirlanganini ma’lum qildiXalqaro kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida madaniyat va san’at sohasi vakillariga faxriy unvon va davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova "Darakchi" nashri muxbiriga bergan intervyusida o‘zining kuzatuvlari va munosabatini bildirib o‘tdi. Xonanda avvalo mukofotga sazovor bo‘lgan barcha ijodkor hamkasblarini samimiy qutlab, ularning har biri yuksak e’tirofga munosib ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, san’atkor mukofot olgach, ijodiy faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yadigan yoki ko‘zdan g‘oyib bo‘ladigan ijodkorlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Suhbat davomida Yulduz Usmonova marosimda e’tirof etilganlar orasida ayniqsa xalq artisti Erkin Komilovning chiqishidan ta’sirlanganini alohida qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ustoz san’atkorning hayot va o‘tmish borasidagi teran mushohadalari, san’atga bo‘lgan chinakam sadoqati va samimiy fikrlari qalbini larzaga solgan. Xonanda Erkin Komilovning san’atkorlik burchi va ma’naviy qadriyatlar haqidagi nutqi insonning san’atni o‘z borligida, yuragida his qilishi lozimligini yaqqol ko‘rsatib berganini ta’kidlab, bu chiqishni keng jamoatchilikka yetkazish muhimligini qo‘shimcha qildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish