Shou-biznes olamining e’tibor markazida bo‘lib turgan yulduzli juftlik – estrada xonandasi Dua Lipa va britaniyalik aktyor Kallum Tyorner o‘z munosabatlarini rasmiylashtirishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
31-may kuni Londonda bo‘lib o‘tgan nikoh marosimi shov-shuvlardan holi tarzda, faqatgina yaqin do‘stlar va oila a’zolari ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda an’anaviy kelinlik liboslaridan voz kechgan Dua Lipa o‘zining o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turdi.
Xonanda Schiaparelli Haute Couture brendining dizayneri Daniel Roseberry tomonidan maxsus tayyorlangan yubkali kostyumda ko‘rinish berdi. Uning obrazini Stephen Jones tomonidan loyihalashtirilgan keng hoshiyali shlyapa, nafis oq qo‘lqoplar hamda mos keluvchi tuflilar boyitdi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, London shahridagi mazkur marosim nikohning faqat rasmiy qismi hisoblanadi. Juftlik o‘z baxtini nishonlash uchun yaqin kunlarda Italiyaning Palermo shahriga yo‘l oladi.
Iyun oyining birinchi haftasida Villa Igiea majmuasida uch kun davom etadigan tantanali to‘y marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0