Xiaomi kompaniyasi 5,2 kVt quvvatga ega Mijia Gas Stove 3C gaz plitasini chiqardi
Xiaomi korporatsiyasi tabiiy gazda ishlaydigan Mijia Gas Stove 3C 5200W qurilmasini rasman namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining xabar berishicha, mazkur texnika Youpin platformasi orqali savdoga chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchi yangi mahsulotning tavsiya etilgan narxini 130 dollar etib belgilagan bo'lsa-da, sotuvlarning dastlabki bosqichida xaridorlar uni 100 dollardan xarid qilishlari mumkin.
Texnik xususiyatlariga ko'ra, panel takomillashtirilgan yirik yondirgich bilan jihozlangan bo'lib, u olovning markazdan chetlarga qarab bir tekis taqsimlanishini ta'minlaydi. Bu muhandislik yechimi mahalliy qizib ketish holatlarining oldini oladi va taom tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Qurilma Mijia ekotizimiga to'liq integratsiya qilingan. Bu esa foydalanuvchiga plitani dudburon bilan o'zaro bog'lash imkonini beradi.
Shuningdek, tizimda xavfsizlik funksiyasi mavjud bo'lib, olov o'chirilishi unutilgan taqdirda foydalanuvchiga avtomatik ravishda eslatma yuboriladi. Gaz plitasining foydali ish koeffitsiyenti 65 foizdan kam bo'lmagan ko'rsatkichni tashkil etadi.
Panelning gabarit o'lchamlari 760x410x150 mm, vazni esa 10 kg ga teng.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0