Artisan startapi mashhur mem mualliflik huquqini buzdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Artisan startapi mashhur mem mualliflik huquqini buzdiGreen: «Artisan» startapi mashhur mem mualliflik huquqini buzdi

Mashhur «This is fine» memi muallifi KC Green «Artisan» sun'iy intellekt startapini o'z asaridan ruxsatsiz foydalanganlikda aybladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko'ra, metro bekatlaridan birida joylashtirilgan reklamada olov ichidagi it tasviri va «Mening quvurim yonmoqda» yozuvi aks etgan. Techcrunch.com nashrining xabar berishicha, ushbu reklama kampaniyasi orqali odamlar sun'iy intellekt asosida ishlovchi xodimlarni yollashga chaqirilgan.

Rassom Green mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, uning intellektual mulki o'g'irlanganini va kompaniya bilan hech qanday rasmiy kelishuv bo'lmaganini ta'kidladi. «Artisan» vakillari TechCrunch so'roviga javoban muallif ijodini hurmat qilishlarini hamda u bilan bog'lanish choralarini ko'rayotganliklarini ma'lum qildi.

Hozirda Green o'z huquqlarini himoya qilish maqsadida yuridik yordam izlamoqda. Rassomning qayd etishicha, memlar o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi va har qanday tijoriy foydalanishda mualliflik huquqi majburiy tartibda hurmat qilinishi shart.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish