Max messenjeridagi reklama budjetlari besh oyda 55 barobarga oshdi

0
Max messenjeridagi reklama budjetlari besh oyda 55 barobarga oshdiMax messenjeridagi reklama bozori 2026-yilda 2,5 mlrd rublga yetishi mumkin Rossiyaning Max milliy messenjerida reklama joylashtirish hajmi 2026-yil yakuniga ko'ra 2–2,5 mlrd rubl miqdorida bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Telega.in tahlilchilari hamda Interaktiv reklama rivojlanish assotsiatsiyasi mutaxassislari shunday prognozni e'lon qildi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar bermoqda.

Mazkur ko'rsatkich 2025-yilda 50–60 mlrd rublga baholangan influens-marketing umumiy bozorining qariyb 3–4 foizini tashkil etadi. Platformadagi o'sish sur'atlari hozirning o'zida yuqori dinamikani namoyon qilmoqda.

2025-yil oktyabridan 2026-yil martigacha bo'lgan besh oy davomida Max messenjeridagi reklama budjetlari 55 baravarga oshdi. Natijada oylik ko'rsatkich 2 mln rubldan 110 mln rublgacha ko'tarildi.

Reklama beruvchi kompaniya va brendlar soni esa 25 baravarga ko'payib, 5 mingtaga yetdi. Reklama joylashtirishda yangiliklar va OAV yo'nalishi 52,2 foiz ulush bilan eng faol soha deb topildi.

Shuningdek, oilaviy kontent 42,4 foiz hamda ta'lim sohasi 34,8 foiz ko'rsatkich bilan keyingi o'rinlarni egalladi. Asosiy buyurtmachilar qatorida onlayn ta'lim platformalari, blogerlar va ko'chmas mulk segmenti vakillari qayd etildi.

Telega.in bosh direktori Vladimir Mosin 2026-yilda Max reklama bozori o'sishda davom etishini ta'kidladi. Mosinning so'zlariga ko'ra, bunga kompaniyalar tomonidan maydonchaning faol sinovdan o'tkazilishi, o'rtacha chek miqdorining oshishi hamda platformadagi ochiq va yopiq kanallar soni ko'payishi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari