Google pullik obunachilari sonini 350 million nafarga yetkazdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Google pullik obunachilari sonini 350 million nafarga yetkazdiAlphabet kompaniyasi birinchi chorak yakunlari bo'yicha moliyaviy hisobotini e'lon qildi

Google o'tgan chorak davomida o'z xizmatlari uchun pullik obunachilar sonini yana 25 mln kishiga ko'paytirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Alphabet kompaniyasining birinchi chorakdagi daromadlari to'g'risidagi hisobotiga tayanib Techcrunch.com nashri xabar berishicha, pullik foydalanuvchilarning umumiy miqdori 350 mln nafarga yetdi. Mazkur ko'rsatkich avvalgi chorakda 325 mln nafarni tashkil etgan edi.

Foydalanuvchilar safining kengayishi asosan YouTube hamda Google One xizmatlari hisobiga amalga oshdi. Hisobotda Gemini sun'iy intellekt tizimi obunachilari yoki oylik faol foydalanuvchilari haqida aniq raqamlar keltirilmagan.

Shunga qaramay, Gemini platformasining kengaytirilgan imkoniyatlari ayni paytda o'sib borayotgan Google One tarif rejalari tarkibida taqdim etilmoqda. YouTube platformasining reklama orqali topgan daromadi o'tgan yilga nisbatan o'sgan bo'lsa-da, Uoll-strit tahlilchilari kutgan natijadan pastroq bo'ldi.

Mutaxassislar reklama tushumini 9,99 mlrd dollar miqdorida prognoz qilgan edi, biroq amaldagi ko'rsatkich 9,88 mlrd dollarni tashkil qildi. Alphabet aksiyalari narxi kompaniyaning umumiy natijalari prognozlardan yuqori bo'lgani sababli ko'tarildi.

Kompaniyaning jami daromadi 109,9 mlrd dollarga yetdi, bulutli xizmatlar yo'nalishidan tushgan mablag' esa ilk bor 20 mlrd dollardan oshdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish