Sony kompaniyasi PlayStation konsollari uchun o'yinlar litsenziyasini nazorat qiluvchi yangi tizimni joriy etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, ushbu mexanizm foydalanuvchilardan vaqti-vaqti bilan internet tarmog'iga ulanishni talab qiladi. Yangi tartibga muvofiq, o'yin litsenziyasi har 30 kunda bir marta masofaviy tekshiruvdan o'tkaziladi.
Agar qurilma belgilangan muddat davomida tarmoqqa ulanmasa, litsenziya vaqtincha faoliyatini to'xtatadi va foydalanuvchi o'yinni ishga tushira olmaydi. Ushbu cheklov hatto internet talab qilmaydigan oflayn o'yinlarga ham taalluqlidir.
O'yin jarayonini davom ettirish uchun konsolni internetga ulash va litsenziyani yangilash lozim bo'ladi. Kompaniya qo'llab-quvvatlash xizmati vakillari mazkur holat texnik xato emasligini, balki tizimning yangi ishlash tamoyili ekanligini tasdiqladi.
Cheklovlar PS4 va PS5 konsollari uchun joriy yilning mart oyidan keyin sotib olingan barcha o'yinlarga nisbatan qo'llaniladi. Ekspertlarning fikricha, Sony ushbu qadam orqali tizimdagi eski zaifliklarni bartaraf etishni ko'zlamoqda.
Ilgari foydalanuvchilar o'yin uchun to'langan mablag'ni qaytarib olib, uning litsenziyasini konsol xotirasida saqlab qolish imkoniga ega edi. Yangi himoya tizimi ayniqsa pulni qaytarib olish muddati hisoblangan dastlabki 14 kun davomida faol nazoratni amalga oshiradi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0