
"Real Madrid" rahbariyati jamoaning joriy mavsumdagi natijalaridan kelib chiqib, yangi bosh murabbiy izlash ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Madridliklar mavsumni sovrinsiz yakunlash ehtimoli yuqori ekani sababli, murabbiylar shtabida o'zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Taniqli jurnalist Xosep Pedrerolning "El Chiringuito TV" efirida ma'lum qilishicha, klubning "short-list"idan uch nafar mutaxassis joy olgan.
Nomzodlar qatorida Joze Mourinyu, Yurgen Klopp va Didye Desham ismlari qayd etilgan. Ma'lum qilinishicha, Klopp va Mourinyu asosiy da'vogarlar hisoblanadi.
Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Deshamning "qirollik klubi"ni boshqarish imkoniyatlari esa nisbatan pastroq baholanmoqda. Hozircha "Real Madrid" rahbariyati ushbu murabbiylarning hech biri bilan rasmiy aloqaga chiqmagan.
Ma'lumot uchun, Didye Desham yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatidan so'ng Fransiya terma jamoasini tark etishi kutilmoqda. Joze Mourinyu ayni damda Portugaliyaning "Benfika" klubida faoliyat yuritayotgan bo'lsa, Yurgen Klopp "Red Bull" tizimida ishlamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0