"Real Madrid" Skaloni bilan aloqaga chiqdi

0
"Real Madrid" Skaloni bilan aloqaga chiqdi
Madridning «Real Madrid» klubi rahbariyati jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bilan xayrlashish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Arbeloa yaqin kelajakda o'z lavozimini tark etishi kutilmoqda. Madridliklar uning o'rniga bir qator taniqli mutaxassislar nomzodini o'rganib chiqmoqda.

Ushbu ro'yxatda asosiy nomzodlardan biri sifatida Argentina terma jamoasi bilan 2022-yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqqan Lionel Skaloni qayd etilgan. Jurnalist Manolo Lamaning «El Partidazo de COPE» dasturida ma'lum qilishicha, «Real Madrid» rahbariyati allaqachon Skaloni bilan aloqaga chiqqan.

«Shuni ishonch bilan ayta olamanki, «Real Madrid» Skaloni bilan bog'landi. Klub hozirda ko'plab murabbiylar variantini ko'rib chiqmoqda, biroq Skaloni bilan muloqot o'rnatilgani aniq fakt», — deya ta'kidladi jurnalist.

Ma'lumot uchun, Lionel Skaloni 2018-yilning avgust oyidan buyon Argentina milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida «albiseleste» nafaqat jahon toji, balki Amerika kubogi g'olibligini ham qo'lga kiritdi.

Hozircha murabbiyning klub darajasidagi faoliyatiga oid rasmiy bayonot berilmagan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari