
Xaver Tebas: «Mourinyuning "Real Madrid"ga qaytishi La Liga uchun foydali bo'ladi» Ispaniya La Ligasi rahbari Xaver Tebas portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyuning Madridning "Real Madrid" klubiga qaytishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Tebasning ta'kidlashicha, tajribali murabbiyning Ispaniya chempionatiga qaytishi turnir nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Joze Mourinyu yana "qirollik klubi"ni boshqarishga tayyor ekanini bildirgan.
Norasmiy manbalar Madrid klubi prezidenti Florentino Peres mutaxassis bilan muzokaralarni allaqachon boshlaganini xabar qilmoqda. "Mourinyu "Real Madrid"da?
Joze — haqiqiy shoumen, u bilan har doim qiziqarli. Uning qaytishi La Liga uchun katta foyda keltiradi", — deya Tebasning so'zlarini keltirmoqda Madrid Xtra nashri.
Hozirgi vaqtda "Real Madrid" jamoasini yanvar oyida Xabi Alonso o'rnini egallagan Alvaro Arbeloa boshqarib bormoqda. Kutilishicha, joriy mavsum yakunlangach, klub rahbariyati murabbiylar shtabida yana o'zgarishlarni amalga oshiradi.
Ma'lumot uchun, Joze Mourinyuning Portugaliyaning "Benfika" klubi bilan shartnomasi 2027-yilga qadar imzolangan. Murabbiy muqaddam 2010—2013-yillar davomida Madridda faoliyat yuritgan edi.